Mazkur qo`llanma Oliy ta`lim muassasasining psixologiya yo`nalishidagi har qanday bosqichi uchun mo`ljallangan bo`lib, psixologiya faniga oid terminlar mazmun va mohiyati haqida tushuncha beradi. Bu qo`llanma hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarish davrida psixologlar gardaniga murakkab vazifalar yuklanayotgan bir sharoitda yosh psixolog mutaxassislarning psixologik bilimlar bilan qurollanishida ko`nikma va malakalar hosil qilishida yordam beradi.